Angela Merkel: Yevropaliklar taqdirini o‘z qo‘liga olish vaqti keldi

Germaniya kansleri Angela Merkel NATO hamda G7 sammiti nihoyasida yevropaliklar endi ko‘proq o‘z kuchiga ishonishi lozimligini ma’lum qildi. «Biz yevropaliklar taqdirimizni o‘z qo‘limizga olish vaqti keldi. Kimlargadir ishonishimiz mumkin bo‘lgan davlar o‘tdi», – dedi xonim yakshanba, 28-may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.

Foto: Reuters

Angela Merkel bu qarorga kelishiga so‘nggi kunlardagi voqealar sabab bo‘lgan.

Taormina orolida (Sitsiliya) o‘tkazilgan «katta yettilik» sammitida AQSh yangi ma’muriyatining bir nechta muzokaralardagi ziddiyatli harakatlari yig‘ilishni muvaffaiyatsizlik bilan nihoyasiga yetishiga sabab bo‘lishi mumkin edi.

«Katta yettilik» mamlakatlari rahbarlari global isishga hamda Afrikadagi ocharchilikka qarshi kurashish masalalarida bir to‘xtamga kelmadilar.

Latest from Blog