Andijonlik fuqaroni 645 ming dollarga chuv tushirgan xitoylik qoʻlga olindi

Andijon viloyatida yashovchi shaxsga gʻisht zavodini sotishini aytib, uning katta miqdordagi pulini oʻzlashtirgan Xitoy fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.

tergov
Tergov departamenti

Qayd etilishicha, 2018-yilning may oyidan 2019-yilning 7-mart kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida Xitoy fuqarosi 49 yoshli L.J. Andijon viloyatida yashovchi 43 yoshli J.A.ning ishonchiga kirib, Toshkent shahrida joylashgan MCHJ ga tegishli boʻlgan gʻisht ishlab chiqarish korxonasini 1 million AQSH dollariga sotishini aytgan.

Xitoy fuqarosi J.A.ning 645 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritib, shu kunga qadar turli bahonalar qilib, MCHJ ga tegishli boʻlgan gʻisht ishlab chiqarish korxonasini J.A.ning nomiga rasmiylashtirmaganligi yoki qoʻlga kiritilgan pullarni qaytarib bermay, shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” (juda koʻp miqdorda firibgarlik) bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog