Andijonlik fuqaro 21 kg marixuana sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi

Andijon viloyatida o‘tkazilgan “Qora dori-2017” tezkor-profilaktik tadbiri davomida Shahrixon tumani IIB xodimlari tomonidan shu tumanda yashovchi fuqaro giyohvand modda sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Foto: iiv.uz

IIV matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, fuqaro “Toshkent-Andijon” yo‘nalishida “A-373” yo‘lida 3 dona polietilen qoplarda bo‘lgan jami og‘irligi 21 kg 160 gramm marixuanani 1 mln so‘m pulga sotayogan bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman IIB huzuridagi Tergov Departamenti tomonidan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Latest from Blog