Andijonlik ayol opasini bolta bilan chopib tashladi

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanidagi “Katta polvon” mahallasida 17-fevral, soat 19.00 larda oilaviy mojaro yuz berdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

1972-yilda tug‘ilgan T.Jonbo‘tayeva uyida o‘zi bilan birga yashagan opasi, 1964-yilda tug‘ilgan Sh.Jonbo‘tayevaning boshiga bolta bilan urib, jarohat yetkazdi.

Hodisa oqibatida Sh.Jonbo‘tayeva voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. T.Jonbo‘tayeva esa qo‘lga olindi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar