Andijonda “Volvo” haydovchisi yoʻl chetida ketayotgan 2 kishini urib yubordi: piyodalar va haydovchi halok boʻldi

2020-yilning 28-sentabr kuni soat 17:20 larda Qirgʻiziston Respublikasi fuqarosi 28 yoshli haydovchi Sh.L., boshqaruvidagi “Volvo” rusumli (Qirgʻiziston Respublikasiga tegishli) yuk avtomashinasida Buloqboshi tumani Sanoat MFY, Gastrol koʻchasidan oʻtgan “Buloqbosh-Andijon” avtomashina qatnov yoʻlining “Buloqboshi” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib ketgan. U yoʻlning chetida harakatlanib kelayotgan piyodalar 10 yoshli B.A. (ayol) va 3 yoshli K.N.ni bosib oʻtib, shu yerdagi xonadonlarning biriga borib urilgan. YTH natijasida piyodalar B.A. va Q.N. hamda haydovchi Sh.L.lar vafot etishgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Foto: Tergov departamenti

Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda jinoyat ishi kelgusi tergov harakatlarini oʻtkazish uchun Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga oʻtkazilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog