Andijon viloyat hokimligi binosi oldiga to‘plangan ayollar yuzasidan ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon viloyat hokimligi binosi oldini bir nechta ayollar yo‘llarni to‘sgani aytilmoqda” sarlavhasi ostida videolavha tarqalgan. Holat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021-yilda viloyat hokimining qabuli tasdiqlangan yillik jadvalga asosan har oyning oxirgi shanba kunlarida belgilangan tartibda o‘tkazilib kelingan.

Prezident raisligida 23-iyul sanasida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Mazkur yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yil uchun tuzilgan jadvalga birmuncha o‘zgartirishlar kiritilgan.

Bu haqida 29-iyul kuni viloyat hokimligining barcha rasmiy sahifalari hamda boshqa OAVlar orqali e’lon qilingan edi.

Viloyat hokimligi binosi oldiga kelgan fuqarolar esa viloyat hokimining fuqarolarni qabul qilish tartibiga kiritilgan o‘zgarishlardan bexabar ekani ma’lum bo‘ldi. Fuqarolarga mutaxassislar tomonidan tegishli tartibda tushunchalar berildi.

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari O.Tursunov hamda viloyat hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosari M.Nishonov tomonidan fuqarolar qabuli davom etmoqda.

Latest from Blog