«Amirsoy»ga olib boruvchi yoʻl choʻkdi. Sihatgohga borayotganlar ortga qaytarilmoqda

Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” sihatgohiga olib boruvchi yo‘lda cho‘kish holati kuzatilgani sabab avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, “Amirsoy” sihatgohiga olib boruvchi Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan yo‘lning 3-kilometrida, 19-20 piketida yo‘l cho‘kish holati kuzatilgan. Shu sababli ayni vaqtda zudlik bilan FVV va boshqa idoralar hamkorligida tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Ta’kidlanishicha, transport vositalari harakati ushbu avtomobil yo‘lida vaqtincha to‘xtatilgan. Dam olishga boruvchilar tuman hududidan o‘tgan 4R-6 Toshkent—Chimyon avtomobil yo‘lining 72-kilometrida ortga qaytarilmoqda.

Yo‘l sozlash ishlari amalga oshirilib, harakat tiklanganidan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti ishi qor ko‘chkilari sabab vaqtinchalik to‘xtatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti majmuasi 2019-yil 21-dekabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ochilgan. Kurort loyihasi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich 2019-yilning IV choragida bitkazilgan, “G‘arbiy Amirsoy” deb nomlangan ikkinchi bosqichi 2022-yilning III choragida bitkazilishi rejalashtirilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog