Amerikalik olimlar global isish natijasidan ogohlantirdi

Amerikalik olimlarning bong urishiga qaraganda, agar insoniyat atrof-muhitga munosabatini o‘zgartirmasa, Yer yuzi iqlimining keskin o‘zgarishiga tayyorgarlik ko‘raverish kerak.

Foto: Hi-News.ru

Tadqiqotlar so‘nggi yuz yillikda sayyoramizdagi harorat bir yarim gradusga oshganini ko‘rsatdi. Olimlar buni ozon qatlamidagi o‘zgarish bilan izohlamoqda. Ozon qatlami yupqalashmoqda va bu global isishni yanada tezlashtirishi mumkin.

NASA mutaxassisi Gevin Shmidtning qayd etishicha, global isish jarayoni bugun tezlashmoqda. U atmosfera va suv havzalariga tashlanadigan chiqindilarni kuchli nazoratga olishni taklif qildi. Chunki bu chiqindilar sayyoramizning himoyaviy funktsiyasini shikastlaydi va dimlanish (parnik) effektini tezlashtiradi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar