Amerikalik Fulbraytchi olim Maykl Brodi Toshkentag ma’ruzachi sifatida tashrif buyurdi

Amerikalik Fulbraytchi olim, AQSh poytaxti Vashingtonda joylashgan Amerika universiteti professori, doktor Maykl Brodi yaqinda Toshkentdagi Xalqaro Vestminister universitetiga mehmon ma’ruzachi sifatida tashrif buyurdi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi Elchixonasi xabar qildi.

Foto: AQShning O‘zbekistondagi Elchixonasi

«U global iqlim o‘zgarishi, uning Markaziy Osiyo, O‘zbekiston va AQShga ta’siri haqida so‘zladi. Professor Brodi tez orada O‘zbekistonning turli burchaklaridagi universitetlarga borib, atrof-muhit masalalari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiydi. Siz ham o‘z viloyatingizda ana shunday ma’ruzalarning biriga qatnashasiz, deb umid qilamiz!» – deyiladi elchixona xabarida.

Foto: AQShning O‘zbekistondagi Elchixonasi

Latest from Blog