“Amerikaga sayohat”: Elektrda yuradigan avtomobillar, yashil turna va sariq avtobuslar – safarning ilk kunidan reportaj

“Amerikaga sayohat” ruknimizni davom ettiramiz. Blogerlarimiz safarining ilk kuni taassurotlari xuddi shu yerda. Oxirlab qolgan qishning bir kuni, sovuq, ko‘ngildagi iliqlikdan kuch olib sayohatni boshladik.

Qishki ob-havo mavsumida yosh nihollar maxsus o‘rama bilan o‘ralarkan. Nogironlar uchun maxsus yo‘lakchalar, eskalatorlar doimo ishlab turadi. Har bir bekatga xuddi bizning Toshkent shahridagidek avtobus raqami va uning qatnash xaritasi ko‘rsatilgan. Maktab o‘quvchilari uchun sariq rangdagi maxsus avtobus yuradi.

Yonilg‘i sabab havo ifloslanib ketayotganligi bois elektr energiyasi bilan yuradigan mashinalar uchun avtomobil turar joylarida mashinagizni “zaryadlaydigan” uskunalar qo‘yila boshlangan. Mashinani ijaraga olish, sotib olishga nisbatan arzon bo‘lgani uchun aholining aksariyati avtomobilni ijaraga olishadi. Olti qavatli avtomobil turargohlari bor. Mashina egasi avtomobilini bemalol ochiq tashlab keta oladi.

Suffolk universiteti binosida bo‘lganimizda ko‘chadagi ayrim yodgorliklar kishi e’tiborini o‘ziga tortdi. Toshlarga insonlarning ismi-sharifi, tug‘ilgan hamda vafot etgan yili ko‘rsatib qo‘yilgan. Daraxtshoxidan qilingan cho‘pga qog‘oz yopishtirilib tilak yozilgan, shuningdek yashil Turna haykaliga duch keldik. Bu insonlarning Hayotni, Tinchlikni qanchalik sevishini ko‘rsatadi.

Kambdrij va Boston shaharlarida 100 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari bo‘lgani uchun talabalar soni nihoyatda ko‘p, aholisining ko‘pchiligi yoshlar. Bu ikki shaharni Charlz daryosi ajratib turadi.

Nigora Umarova tayyorladi

Latest from Blog