“Amerikaga sayohat”: Atlantika qirg‘og‘idagi sayr va Boston brodveyi

“Amerikaga sayohat” ruknimizni davom ettiramiz.

Korrespondent uzbekistan 033

Atlantika okeani qirg‘og‘ining o‘ng chekkasida Toshkentning Sayilgoh ko‘chasini eslatuvchi ko‘cha bo‘lib, bu yerdagi ajib manzara e’tiboringizni tortadi: shar sotuvchi masxarabozlar-u, raqs jamoalarining chiqishlari, ot qo‘shilgan foytunlar-u, gitara chalib, qo‘shiq kuylovchi xonandalarni tomosha qilib aylanasiz.

Korrespondent uzbekistan 028

Qadimiy uslubda qurilgan antiqa bino esa bizning Chorsudagi Ovqat bozori taomilida savdo qiladi. “Kep qoling, op qoling, kabob, somsalar” o‘rniga xot-dog-u, pitsalar, xorij xo‘rozqandlaridan tortib, allaqanday chizburger, gamburger, turk kaboblarining allambalo hidi ulkan do‘konni tutib ketgan.

Korrespondent uzbekistan 029

Boston saylgohida shahar bosh departamenti binosi ham joylashgan bo‘lib, uning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan hokimning haykali o‘rnatilgan. Bostonga kelgan har bir sayyoh, albatta, suv bo‘yida sayr qilib, okeanni ko‘rib ketadi. Shu bois bizning qahramonlarimiz ham osmon o‘par binolar ko‘rinib turgan, bir tomoni esa cheksiz ummondan iborat hududda sayr etishdi.

Korrespondent uzbekistan 030

Qirg‘oq bo‘yida qayiqlar ham bor, ular yo‘lovchilarni u yoki-bu orolga olib borish bilan shug‘ullanadi. Qayiqqa chiptalar sotib olish elektron shaklda amalga oshiriladi. Ozgina yurilgach, undan sal nariroqda esa Okeanariya mavjud bo‘lib, unda dengizning turli jonivorlaridan tortib akulagacha saqlanadi hamda qiziquvchilarga namoyish qilinadi. Qirg‘oqda esa chag‘alaylar-u, yovvoyi o‘rdaklarni uchratish mumkin.

Korrespondent uzbekistan 031

Nigora Umarova tayyorladi

Latest from Blog