Foto: fb.com/WhiteHouse

Amerika Afg‘onistonda o‘z maqsadiga erishdi — Jo Bayden

/

AQSH prezidenti Jo Bayden Afgʻoniston mojarosi yuzasidan Oq uyda qilgan ilk telemurojaatida Amerika Afgʻonistonda oʻz maqsadiga erishganini maʼlum qildi.

«Bizning Afgʻonistondagi missiyamiz hech qachon millat qurish boʻlmagan, yagona, markazlashgan demokratiya yaratish boʻlmasligi ham kerak edi. Bizning Afgʻonistondagi yagona hayotiy va muhim manfaatimiz AQSHga nisbatan terrorchilik hujumlarining oldini olish boʻlgan va shunday boʻlib qoladi», — dedi Bayden.

U Afgʻoniston oʻzi uchun kurashmasa, amerikaliklar ular uchun kurashmasligi va bu qaroridan afsuslanmayotganini taʼkidladi. “Ushbu mamlakat hukumati chiqib ketdi, armiya esa muvaffaqiyatsizlikka uchradi”, — dedi AQSH yetakchisi.

Sputnikʼning Pentagonga tayanib yozishicha, AQSH oʻzining hududida 20−22 ming afgʻonistonlik qochqinlarni qabul qilish uchun uchta aviabazada joy hozirlamoqda. Qolaversa, Qobuldagi xalqaro aeroport oʻz faoliyatini tiklashi maʼlum qilindi.

Latest from Blog