Almazbek Atambayev Oʻzbekistonga keladi


Almazbek Atambaye Oʻzbekistonga tashrifiga tayyorlanmoqda deb xabar qildi Qirgʻiziston Tashqi Ishlar vazirligi.

Ayni damda Qirgʻiziston TIVi Almazbek Atambayevning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik koʻrmoqda. Oldin belgilangan  rejaga koʻra, ikki mamlakat ishchi guruhlari chegara masalalari boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.

“Tashrifning aniq sanasi hali eʼlon qilinmagan. Atambayev Oʻzbekistonga 2016-yilning 24-dekabrida kelgan edi. Oʻshanda Qirgʻiziston prezidenti Samarqandda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan edi”, — deyilgan xabarda.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov oʻtgan haftada oʻzbek-qirgʻiz chegarasining 1000 kilometrlik boʻlagi boʻyicha kelishishuvga erishilganini xabar qilgan edi. Shuningdek, Kamilov ikki mamlakat prezidentlari Toshkentda uchrashib chegaraning kelishilgan ushbu boʻlagi borasida shartnoma imzolashga qaror qilishganini xabar qilgan edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar