Alisher Kurmanov Senatning Xalqaro munosabatlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi etib saylandi

Alisher Kurmanov Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi etib saylandi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati bu haqda xabar berdi.

Foto: UzReport

Alisher Kurmanov 2015-yildan O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi lavozimida ishlagan.

Senatning Xalqaro -munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib Botir Asadov saylandi. U ilgari O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Latest from Blog