Aleksandr Geynrix terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

Aleksandr Geynrix terma jamoadagi faoliyatini yakunladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston 24  nashri championat.asiaga tayangan holda.

Foto: KazFootball

Xabarda aytilishicha, futbol boʻyicha Oʻzbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyindan soʻng hujumchi Aleksandr Geynrix terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasashga qaror qilgan.

Hujumchi oʻyindan soʻng avtobusga chiqayotganida «Men milliy terma jamoadagi faoliyatimni tugatdim. Bugungi oʻyin men uchun oxirgisi boʻldi. Barcha ishqibozlarga rahmat aytaman», degan.

Eslatib oʻtamiz, kecha oʻtkazilgan oʻyinda Oʻzbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya bilan durrang natijaga oʻynab jahon chempionati yoʻllanmasidan quruq qoldi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar