AKT: O’zbekiston aholisining 95 foizi raqamli televideniyega ulanish imkoniga ega


2017-yilning I chorak yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi aholisini raqamli televideniye signallari bilan qamrab olish darajasi 95 foizga yetkazilgan. Mazkur ko‘rsatkichga mamlakatning barcha hududlari bo‘ylab 369 ta raqamli televideniye uzatkichlarining o‘rnatilishi hisobiga erishilgan, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabarida.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatda raqamli teleuzatishni rivojlantirish bo‘yicha alohida vazifalar yuklangan bo‘lib, yil oxiriga qadar O‘zbekistondagi yirik shahar hamda tuman markazlariga yana 25 ta yuqori quvvatli, shuningdek olis hududlarda joylashgan aholi punktlarida 293 ta kam quvvatli raqamli televizion signallar uzatuvchi qurilmalar o‘rnatish rejalashtirilgan. Natijada, joriy yilda O‘zbekiston aholisi 100 foiz raqamli telekanallarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar