Aksariyat ilmiy tashkilotlar fan yoʻnalishlarida monopolistga aylanib qolgan – Norboyeva

Oʻzbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva 11-sentabr kuni boʻlib oʻtgan yettinchi yalpi majlisda ilmiy tashkilotlar oʻrtasida raqobat muhitini rivojlantirish zarurligini taʼkidladi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Norboyeva
Senat.uz

“Soʻnggi yillarda ilm-fan sohasining rivojiga alohida eʼtibor qaratilib, davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Yillar davomida sohada toʻplanib qolgan va oʻz yechimini kutayotgan masalalar oʻz yechimini topmoqda.

Sohada olib borilgan islohotlar natijasida respublikamiz kuni kecha eʼlon qilingan Global innovatsion indeksida 131 ta mamlakat orasida 93-oʻrinni egallab, 2015-yilga nisbatan 29 pogʻona yuqoriga koʻtarildi.

Shu bilan birga, ilm-fan sohasini rivojlantirishda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan ayrim masalalar ham mavjud.

Xususan, ilmiy tashkilotlar oʻrtasida raqobat muhitini rivojlantirish zarur. Aksariyat ilmiy tashkilotlar fan yoʻnalishlarida monopolistga aylanib qolgan.

Bundan tashqari, ilm-fanni moliyalashtirishda xususiy sektor ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini koʻrish lozim. Xususiy sektorni fundamental tadqiqotlarning olib borilishiga qiziqtirish zarur. Yaponiyada 90 foiz tadqiqotlar xususiy sektor tomonidan moliyalashtiriladi. Bu borada Yaponiya tajribasini oʻrganish maqsadga muvofiq”, Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog