Akademik Boris Bondarenko vafot etdi

Hisoblash matematikasi va differensial tenglamalar sohasidagi taniqli olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Boris Anisimovich Bondarenko 93 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Shu munosabat bilan mamlakat rahbariyati rasmiy murojaatida akademikning yaqinlariga hamdardlik izhor qildi.

Boris Bondarenko 1923-yil 12-oktabrda Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasi Davlekanovo shahrida tug‘ildi. 1953-yili O‘rta Osiyo davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) matematika mutaxassisligi bo‘yicha tugatdi. Dastlab nomzodlik, keyinchalik doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilm-fan sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.

Iste’dodli olim qariyb 70-yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti kafedrasi mudiri, Fanlar akademiyasining Matematika instituti katta ilmiy xodimi, ilmiy kotibi, Kibernetika instituti laboratoriya mudiri, yetakchi ilmiy xodimi, direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida samarali mehnat qildi va mamalakatda matematika sohasidagi dolzarb masalalarni tadqiq etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shdi.

Olimning chiziqli va yarimchiziqli differensial tenglamalar sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan 500 dan ziyod ilmiy maqolalari, kitob va monografiyalari O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislariga yaxshi ma’lum.

Boris Bondarenkoning mamlakat ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari munosib taqdirlangan. U “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni va “Jasorat” medali bilan mukofotlangan edi.

“Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Boris Bondarenkoning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, — deyiladi ta’ziya maktubi yakunida.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar