Ahmadboyning advokati sud hukmidan shikoyat qilinishini bildirdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi 21-fevral kuni chinozlik Ahmadboy (Ahmadjon Tursunboyev)ga nisbatan hukm chiqardi — u 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Foto: Daryo.uz

“O‘zbekiston 24”ning “Axborot 24” dasturida ma’lum qilinishicha, sudlanuvchining advokati Malika Mazbudova sud hukmi ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatiga asosan ish ko‘rishini ma’lum qilgan.

«Himoyam ostidagi Ahmadjon Hamidovich Tursunboyevga nisbatan, himoya nuqtai nazaridan qaralganda, juda og‘irroq jazo berildi, deb hisoblayman. Shu bois, hukmning nusxasini olganimizdan so‘ng, apellyatsiya shikoyatiga, balki, murojaat qilishimiz mumkin» – dedi advokat.

Advokatning qo‘shimcha qilishicha, Ahmadboy Jinoyat kodeksining 168-, 188- va 189-moddalari bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlarni tan olmagan va ularni aybdan chiqarishni so‘ragan.

 

Latest from Blog