Ahmadboy ustidan sud jarayoni boshlandi

2-avgust kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyat sudida moliyaviy piramida qurganlikda ayblanayotgan Ahmadboy Tursunboyev ustidan sud jarayoni boshlandi.

Foto: Sputnik

Bu haqda Toshkent viloyati jinoiy ishlar boʻyicha sud qabulxonasi vakiliga tayanib Sputnik xabar qildi.

Xodimning soʻzlariga koʻra, sud jarayoni ancha vaqtga choʻzilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Tursunboyev — Toshkent shahri Chinoz tumanida joylashgan «Chinoz xalol chorva» hamda «Chinoz avto Hamkor» korxonalari taʼsischisi. Ahmad Tursunboyev va uning xodimlari aholidan yiliga kamida 100 foizlik dividend vaʼdasi bilan milliy va chet el valyutalarini olish bilan shugʻullanib kelgan. Va shu bilan birga ularga pullari qaytarilishi haqida hech qanday kafolat bermagan. Bundan tashqari, tomonlar kelishuviga muvofiq, biror kor-xol roʻy bergan taqdirda, pul bergan insonning yaqinlari pullar qaytarilishini talab qilishga haqli boʻlmagan. Tursunboyev, yiliga 40% ustama haqi evaziga chet el valyutasini qarz berish bilan ham shugʻullangan.

Aholidan olingan mablagʻlarning bir qismiga chet eldan turli tovarlar va qimmatbaho buyumlar olib kelinib, tadbirkorlarga ustama foiz evaziga tarqatilgan. Tursunboyev bu pullardan oʻzi uchun qimmatbaho avtomobillar xarid qilgan, shohona boshpana qurgan.

Tursunboyev va uning yaqinlari uylarida, shuningdek, «boy»ga qarashli firmalarda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, ashyoviy dalil sifatida 13,139 milliard soʻm hamda 7,9 million AQSh dollari olib qoʻyilgan.

Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar