Ahmadaliyev yaponiyalik bokschiga qarshi ringga chiqadi

Foto: Gazeta.uz

3-aprel kuni Toshkentdagi “Humo arena” muz saroyida Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari bronza medali sovrindori, professional boksda WBA va IBF yoʻnalishlari boʻyicha jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi boʻlib oʻtadi.

Unda Ahmadaliyev yaponiyalik Ryosuke Ivasaga qarshi jangda chempionlik kamarlarini himoya qiladi.

Mazkur jang anderkardida Isroil Madrimov, Shahram Gʻiyosov, Hasanboy Doʻsmatov, Iqboljon Xoldorov, Mirazizbek Mirzahalilov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Sanjar Tursunov kabi nomdor bokschilar ham ringga koʻtarilishadi.
Bugun MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi qoʻmita mutasaddilari “Humo arena”ga tashrif buyurib, boʻlajak boks kechasiga tayyorgarlik boʻyicha dastlabki muzokaralarni olib borishdi. Uchrashuvda “Humo arena” direktori Rustam Mardiyev, MOQ va Oʻzbekiston boks federatsiyasi vakillari, chiptalar bilan shugʻullanuvchi i-ticket kompaniyasi mutasaddilari, tadbirlar tashkil qilish boʻyicha PR kompaniyalar menejerlari ham ishtirok etishdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog