Ahmadaliyev kamarlarini himoya qiladi

Professional boks tarixidagi rekord – eng kam jang oʻtkazib, ikki kamarni qoʻlga kiritgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi boʻyicha maʼlumotlar tarqatilmoqda.

Akhmadaliyev

Maʼlum qilinishicha, bokschimiz noyabr oyining oxirgi haftasida ringga koʻtariladi va unda oʻziga tegishli boʻlgan WBA va IBF jahon chempionlik kamarlarini himoya qiladi. Ahmadaliyevning raqibi IBF yoʻnalishida majburiy daʼvogar va vaqtinchalik jahon chempioni yaponiyalik Ryosuke Ivasa boʻlishi kutilyapti. Bu borada tomonlar muzokaralarni olib bormoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu boks oqshomi “Matchroom” kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi va unda bir qator mashhur nomlar jang oʻtkazishi kutilyapti.

Maʼlumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev shu paytga qadar professional boksda 8 ta jang oʻtkazib, barchasida gʻolib boʻlgan boʻlsa, boʻlajak raqibi Ryosuke Ivasa 27 ta jangda qatnashib, ularning 24 tasida gʻolib boʻlgan. 3 bor magʻlubiyat alamini tatib koʻrgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog