Afg‘onistondagi teraktda 20 ga yaqin kishi qurbon bo‘ldi

Afg‘onistonda avtomobil boshqarib kelayotgan xudkush xavfsizlik xizmatchilari karvoniga borib urildi. Oqibatda avtomobil ichidagi portlovchi modda harakatga kelgan. Bu haqda mamlakat IIBsiga tayanib Associated Press xabar bermoqda.

Foto: Новости Армении

Portlash oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Xabarga ko‘ra, terroristning maqsadi AQSh harbiylariga hamrohlik qilib kelayotgan xavfsizlik xodimlari bo‘lgan. Biroq, portlashda tinch aholi zarar ko‘rgan.

Portlashdan 6 kishi jiddiy jarohat olgan. Ular orasida bolalar ham bor.

Latest from Blog