Foto: AP

Afgʻonistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay “Tolibon” bilan tinchlik muzokaralariga rahbarlik qilmoqda

/

Afgʻonistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay va Afgʻoniston milliy yarashuv boʻyicha Oliy Kengashi rahbari Abdulla Abdulla mamlakatda tinchlikka erishish uchun “Tolibon” harakati bilan muzokara olib bormoqda.

“TOLOnews“ning yozishicha, Karzay va Abdulla Afgʻonistonning sobiq bosh vaziri Gulbeddin Hikmatyor bilan birgalikda butun mamlakat boʻylab “Tolibon” rahbariyati bilan muzokara olib bormoqda. Ularning fikricha, asosiy maqsad — Kobulda tinchlikni saqlash.

Abdulla Abdulla Afgʻoniston poytaxtida “Tolibon” va rasmiylar oʻrtasidagi muzokaralarda vositachi vazifasini bajaradi.

Oʻz navbatida, Kobul shahri meri Dovud Sultonzoy oʻz ishini davom ettirayotganini va toliblar bunga qarshi emasligini aytgan.

15-avgustda “Tolibon” harakati Afgʻonistonning butun hududiga nazorat oʻrnatganini eʼlon qildi. Uning vakillari Kobuldagi davlat televideniyesini oʻz qoʻliga oldi va murojaat bilan chiqib, fuqarolarni tinchlikni saqlashga chaqirdi.

Latest from Blog