Afgʻonistonda oʻzbekistonlik temiryoʻlchilar hujumga uchradi

Foto: Google

2020-yilning 20-avgust kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Afgʻoniston Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Suhbat chogʻida Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirining Oʻzbekistonga boʻlajak tashrifining kun tartibi va tashkiliy jihatlari koʻrib chiqildi.

Muloqot davomida energetika va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Vazirlar Afgʻonistonning Balx viloyatida 20-avgust kuni sodir boʻlgan “Soʻgʻdiyona trans” shoʻba korxonasi vakillariga qurolli hujum hodisasini muhokama qildilar.

H.Atmar mamlakatning vakolatli organlari tomonidan voqea tafsilotlari sinchkovlik bilan tekshirilayotganini va unga aloqador shaxslar javobgarlikka tortilishini taʼkidladi.

Oʻzbekiston tomoni Afgʻonistonda faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston kompaniyalari va korxonalari xodimlari uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilishini soʻradi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Afgʻoniston kun tartibidagi boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog