Foto: RIA

Afgʻonistonda ayollar norozilik namoyishi uyushtirdi

/

Afgʻonistonning Kobul shahrida ayollar norozilik namoyishi uyushtirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Namoyishchilarning asosiy talabi — ishlash va oʻqish huquqini berishdir. Ishtirokchilar fikriga koʻra, norozilik namoyishi maqsadi xalqaro hamjamiyatni toliblarga bosim oʻtkazishga undaydi.

Qayd etilishicha, avvalroq harakat hukumati rasmiylarning oldindan ruxsatisiz Afgʻoniston boʻylab namoyish oʻtkazishni taqiqlagan edi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr bildirgandi hamda Afgʻoniston ayollar futbol jamoasi Pokistonga evakuatsiya qilingandi.

Latest from Blog