Foto: Interfax.az

Afgʻoniston harbiylari bir sutkada 130 dan ortiq Tolibonni yoʻq qilinganini eʼlon qildi

/

Soʻnggi 24 soat ichida Afgʻoniston hukumati qoʻshinlari bilan toʻqnashuvda 131 Tolibon jangarisi oʻldirilgan, yana 62 nafari yaralangan, 5 nafari hibsga olingan.

Koʻp sonli qurol va oʻq-dorilar yoʻq qilindi. Afgʻoniston maxsus kuchlari tinch aholi va xavfsizlik kuchlarini nishonga olish maqsadida mamlakatning turli hududlarida toliblar qoʻygan toʻqqiz turdagi minalarni topdi va zararsizlantirdi.

Tolibon oxirgi 24 soat ichida eng katta zararni janubda, Helmand va Qandahor viloyatlarida koʻrdi.

Bir kun oldin, havo tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan mudofaa va xavfsizlik kuchlari Helmand viloyati markazi Lashkargoh shahri yaqinidagi Tolibon pozitsiyalariga hujum qildi.

Latest from Blog