“Abu Saxiy” bozori yopildi, bir necha xodimlarda koronavirus aniqlandi

6-iyul kuni Chilonzor tumanida joylashgan “Tashkent Trade Center” (Abu Saxiy) savdo markazi maʼmuriyati ishchilari va bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlardan koronavirus infeksiyasiga namuna olindi.

Foto: Qalampir.uz

Test tahlillari natijasiga koʻra, bir necha xodimlarda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi.

Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari xulosasiga koʻra, savdo markazi profilaktika tadbirlarini oʻtkazish uchun vaqtincha yopildi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog