Abdulmannop Nurmagomedov: tarbiya, taʼlim va shundan keyingina sport

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Fight Nights Global turnirida otasi Abdulmannop Nurmagomedovni yodga olganlarga minnatdorchilik bildirib oʻtdi.

Abdulmannop Nurmagomedov
scmp.com

“Men otam sharafiga oʻtkazilgan turnirni qoʻllab-quvvatlagan barcha mehmonlarga va tomoshabinlarga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Otam har doim bolalar va oʻsmirlar sportiga katta ahamiyat bergan. Biz farzandlarimizga toʻgʻri taʼlim berishimiz kerak. Men 1988-yilda tugʻilganman va soʻnggi 30 yil ichida oʻzgargan koʻp narsalarni koʻrdim. 20 yildan keyin bizni nima kutayotganini bilmaymiz. Shunday ekan, keling farzandlarimizga gʻamxoʻrlik qilaylik va ularga toʻgʻri taʼlim beraylik. Avvalo, biz shaxsiy namunadan boshlashimiz, bolalar uchun qahramon va yetakchi boʻlishimiz kerak”, dedi Habib.
Qiziqarli tomoni, Abdulmannop Nurmagomedovning ofisida “Tarbiya, taʼlim va shundan keyingina sport” deb yozilgan soʻzlarni koʻrishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Mineev Abdulmannop Nurmagomedovni xotirlash turnirida Ermekovni nokautga uchratdi va Fight Nights Global chempioni boʻldi
Maʼlumot oʻrnida, Habib Gethje Fergyusonga qaraganda ancha gʻayratli va janglarga tashna ekanligini taʼkidlab oʻtgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog