Abdulla Aripov va Dmitriy Medvedev telefon orqali muloqot qildi

28-iyun kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev telefon orqali muloqotda bo‘ldi. Bu haqda RF hukumat portaliga tayanib Uz24 xabar bermoqda.

Dmitriy Medvedev O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya hamraisi etib Igor Shuvalov tayinlanganini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, Hukumatlararo komissiyaning O‘zbekiston tomonidan hamraisi etib Abdulla Aripov tayinlangan.

Shuningdek, tomonlar Shavkat Mirziyoyevning 4-5-aprel kunlari Rossiyaga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni birgalikda bajarish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Latest from Blog