Abdulla Aripov Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun Dushanbe shahriga tashrif buyuradi

2020-yil 29-sentabr kuni Dushanbe shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Unda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Dushanbega tashrif buyuradi.

Komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish nazarda tutilmoqda.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston – Tojikiston ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasida Biznes-forum va Ishbilarmonlar kengashining yigʻilishini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog