Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yigʻilishida ishtirok etish uchun 29-sentabr kuni Tojikiston poytaxtiga yetib keldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini Dushanbe xalqaro aeroportida Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Davlatsho Gulmuhammadzoda kutib oldi.
Avval xabar qilinganidek, komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida Oʻzbekiston – Tojikiston ishbilarmonlari biznes-forumi va Ishbilarmonlar kengashining yigʻilishini oʻtkazish koʻzda tutilgan.