Abdulaziz Komilov Zeyd Raad al-Husayn bilan uchrashdi


10-may kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zeyd Raad al-Husayn bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qiladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan BMT va uning institutlari, jumladan BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Muzokaralarda BMTning rezident-koordinatori, BMT rivojlanish dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner hamda BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Rishard Komenda ishtirok etdi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar