Abdulaziz Komilov Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi

30-aprel kuni Ashxobod shahrida “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Muloqoti ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining oltinchi kengashida ishidagi ishtiroki doirasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar beradi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Prezidentining Turkmanistonga 2017-yil 6-7-mart kunlari amalga oshirgan davlat tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlar ruhida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, deyiladi TIV xabarida.

Ikki davlat rahbariyatlarining siyosiy irodasi natijasida bugun davlatlararo aloqalar sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarilib, bu siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-komminikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni faollashtirish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan hozirda Turkmaniston raislik qilayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish imkonini bergani ta’kidlandi.

Shu kuni Abdulaziz Komilov Ashxobodda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomon munosabatlarining dolzarb masalalari, o‘z ishini boshlayotgan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Muloqoti ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining oltinchi kengashi kun tartibi, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar