Abdulaziz Komilov: Human Rights Watch avgustda Toshkentga keladi

Inson huquqlarini himoya qiluvchi Human Rights Watch (HRW) tashkiloti avgust oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb ta’kidladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov «O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi» hamkorlik kengashi yig‘ilishi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida.

Kamilovning so‘zlariga ko‘ra, delegatsiyaga HRWning Markaziy Osiyo muammolari bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov boshchilik qiladi.

Vazir shuningdek, tashkilotning ijrochi direktori Kennet Rot bilan yaqindan muloqot qilib kelayotganini ta’kidlab o‘tgan.

«Shunga o‘xshash boshqa tashkilotlar ham kelishadi, ular bilan hamkorlik qilamiz, kun tartibidan yashiradigan yoki chiqarib tashlaydigan narsamiz yo‘q», — degan Kamilov.

Ammo vazir ularning kelishi O‘zbekiston «ular qo‘yadigan barcha talab va shartlarga rozi» degan ma’noni anglatmasligini qo‘shimcha qilgan.

«Harakat ikkiyoqlama bo‘lishi kerak. Agar qayerdadir manfaatlarimiz mos tushmasa, bu har qanday hamkorlik yo‘qqa chiqadi, degani emas. Ba’zi muammolar bo‘yicha biz o‘z qarashlarimizga ega bo‘lsak, shu turdagi tashkilotlar o‘z qarashlariga ega. Bu haqda ommaviy ravishda taklif kiritganmiz, aytganmiz — biz manfaatlarimiz mos tushadigan maydonda hamkorlik qilishga va bu hamkorlikni birgalikda kengaytirishga, munozarali masalalarni birgalikda muhokama qilib, yechim topishga tayyormiz. Bularning barchasi bir-birimizni yanada ko‘proq tushunishimiz uchun amalga oshiriladi», — deb ta’kidladi O‘zbekiston TIV rahbari.

Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro hamkorlik haqida gapirar ekan, Kamilov «ayrim o‘ta muhim masalalarda ikki tomonning qarashlari tobora mos tushayotganini» aytib o‘tgan. Gap O‘zbekistondagi demokratik o‘zgarishlar, inson huquqlari va umuman siyosiy islohotlar haqida bormoqda.

Tomonlar o‘rtasida keng qamroqli aloqalar yo‘lga qo‘yilgan, deb fikr bildirgan Komilov.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar