Abdulaziz Komilov Dehlida Hindiston Tijorat va sanoat vaziri bilan uchrashdi

2017-yilning 23-avgust kuni Dehli shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Hindiston Tijorat va sanoat vaziri Nirmala Sitharaman bilan uchrashdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev, vazirlik, idoralar va davlat kompaniyalarini namoyon etuvchi O‘zbekiston delegatsiyasining boshqa vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbatda ikki tomonlama savdo aylanmasi hajmini oshirish va nomenklaturasini diversifikatsiya qilish O‘zbekiston—Hindiston munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi qayd etildi.

Uchrashuvda hamkorlik masalalari batafsil muhokama qilindi hamda tomonlar tovarlar va xizmatlarni o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish, O‘zbekistonda ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar