Abdulaziz Komilov Dehlida Hindiston fan va madaniyat arboblari bilan uchrashdi

21-avgust kuni Dehli shahrida O‘zbekiston delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston ilm-fan va madaniyat vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qiladi.

Foto: TIV matbuot xizmati

Suhbatda J.Neru nomidagi universitet, Islom milliy universiteti, “Unity Foundation Delhi” ijtimoiy-madaniy tashkiloti, Hindiston Tashqi ishlar vazirligining Madaniy aloqalar bo‘yicha hind kengashi yetakchi olimlari, Bobur nomidagi xalqaro jamg‘arma faollari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar munosabatlar, O‘zbekiston va Hindiston fan va ta’lim muassasalari o‘rtasida bevosita aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash masalari yuzasidan fikr almashildi.

«O‘zbek va hind xalqlari tarixi, adabiyoti, musiqasi, rassomchilik va arxitekturasi, ularning bir-birini boyitishi va to‘ldirishi buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari nomi bilan chambarchas bog‘liq. Ularning o‘chmas merosi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida ko‘p asrlik savdo, fan, madaniyat sohalaridagi samarali almashinuv an’anasini davom ettirish uchun kuchli salohiyat yaratadi», – deyiladi xabarda.

Iliq va o‘zaro hurmat ruhida o‘tgan uchrashuvda hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq takliflar aytib o‘tildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar