Foto: UzReport

Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 27-iyun kuni AQShga boradi

2021-yilning 27-iyun—4-iyul kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturida AQSh vazirlik va idoralarida qator uchrashuvlar hamda muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 2019-yilda ham AQShga borgan edi. Tashrif doirasida delegatsiya AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashgan, shuningdek, C5+1 shaklidagi vazirlik uchrashuvidan boshqa tadbirlarda ham ishtirok etgandi.

Latest from Blog