Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Afg‘onistonga boradi

Foto: UzA

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 23-fevral kuni Afg‘onistonga amaliy tashrif bilan boradi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston—Afg‘oniston munosabatlarining hozirgi holati va kelgusida rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Mintaqalararo savdo aylanmasini oshirish, Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘laydigan qo‘shma transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishning yangi imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashiladi.

Avvalroq Abdulaziz Komilov Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashib, unga Shavkat Mirziyoyevning maktubini topshirgani, Qozog‘iston tomoni 2021-yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif qilingani haqida xabar berilgan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog