Foto: twitter.com/SecBlinken

Abdulaziz Kamilov AQSh davlat kotibi bilan uchrashdi

/

1-iyul kuni Vashingtonda AQSh davlat kotibi Entoni J. Blinken Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda AQSh Davlat departamenti.

Davlat kotibi AQShning Oʻzbekiston bilan strategik sherikligini chuqurlashtirish istagini bildirdi va bu yil ikki mamlakat diplomatik munosabatlarining 30 yilligi nishonlanishini taʻkidladi.

Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo doirasidagi munosabatlarni yaxshilash boʻyicha tashabbuslari yuqori baholanib, ikki mamlakatning C5 + 1 mintaqaviy diplomatik platformasi orqali faol hamkorligi taʻkidlab oʻtildi.

Kotib tashqi ishlar vaziriga Oʻzbekistonning Afgʻonistonda adolatli va uzoq muddatli tinchlik oʻrnatilishini doimiy qoʻllab-quvvatlashi uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u Oʻzbekistonning mintaqaviy aloqalari, shu jumladan Markaziy va Janubiy Osiyo boʻylab farovonlik va ravnaqni qoʻllab-quvvatlovchi yoʻllar orqali Afgʻoniston bilan yaqinroq siyosiy va iqtisodiy hamkorlikka eʻtiborini olqishladi.

Latest from Blog