Abdulaziz Kamilov Afgʻoniston delegatsiyasi vakillarini qabul qildi


22-aprel kuni Oʻzbekistonga Afgʻoniston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan keldi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov delegatsiya tarkibida tashrif buyurgan Afgʻoniston prezidentining infratuzilma, kadrlar resursi va texnologiyalar boʻyicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy hamda prezidentning MDH mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasining 23-24-yanvar kunlari Kobul shahriga tashrifi va Afgʻoniston rahbariyati bilan olib borgan muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni ijro etish jarayoni batafsil muhokama qilindi.

Xususan, 2017-yilda ikki mamlakat oʻrtasida keng miqyosli hamkorlikni yanada rivojlantirish rejasi («Yoʻl xaritasi»)ni amalga oshirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar boʻyicha fikr almashildi.

Latest from Blog