BMT reytingi: Toshkent onlayn xizmatlar bo‘yicha 58 pog‘ona ko‘tarilib, “juda yuqori” darajali shaharlar qatoriga kirdi

23.11.2026, 15:00 · 9 marta o‘qilgan
Toshkent shahri
Foto: Drksll / Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0

BMTning 2026-yilgi Elektron hukumat tadqiqoti doirasida e’lon qilingan Mahalliy onlayn xizmatlar indeksida (LOSI) Toshkent dunyoning 194 ta shahri orasida 37-o‘rinni egalladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

2024-yilgi reyting bilan taqqoslaganda, O‘zbekiston poytaxti 58 pog‘onaga — 95-o‘rindan 37-o‘ringa ko‘tarildi. Indeks qiymati 0 dan 1 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha 0,3646 dan 0,8911 gacha o‘sib, Toshkent “o‘rta” darajadan “juda yuqori” darajaga o‘tdi.

Bu ko‘rsatkich Osiyo mintaqasi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan (0,6343) ham, dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan (0,5584) ham ancha yuqori. Osiyoda Toshkent 14-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa ikkinchi o‘rinni egalladi.

LOSI indeksi shaharlarning rasmiy veb-portallari va mahalliy elektron xizmatlarini 6 ta asosiy yo‘nalish va 101 ta indikator bo‘yicha baholaydi. “Institutsional asoslar” yo‘nalishida Toshkent maksimal — 1,0000 ball, “Elektron hukumat sohasidagi savodxonlik” bo‘yicha 0,9000 ball, “Elektron hukumat infratuzilmasi” bo‘yicha 0,8571 ball to‘pladi.

Bu yutuq mamlakat miqyosidagi raqamli islohotlar bilan uzviy bog‘liq. Shu yilning o‘zida O‘zbekiston BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksida 31 pog‘onaga ko‘tarilib, 194 ta davlat orasida 32-o‘rinni egallagan va ilk bor elektron hukumat rivojlanish darajasi juda yuqori bo‘lgan davlatlar guruhiga kirgan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

So‘nggi yangiliklar

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling