S&P O‘zbekistonning kredit reytingini BB+ darajasiga oshirdi: investitsiyaviy darajaga bir qadam qoldi

22.11.2026, 13:30 · 20 marta o‘qilgan

S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning milliy va xorijiy valyutadagi uzoq muddatli suveren kredit reytinglarini barqaror prognoz bilan BB darajasidan BB+ darajasiga ko‘tardi. Bu haqda agentlik o‘z saytida ma’lum qildi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘z Telegram kanalida bu mamlakat tarixida hozirgacha erishilgan eng yuqori ko‘rsatkich ekanini, endi “investitsiyaviy” (BBB-) pog‘onaga bir qadam qolganini yozdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, reytingning oshirilishi tizimli iqtisodiy islohotlar va muvozanatli moliya siyosati samarasidir.

BB+ — kredit reytinglarining spekulyativ toifasidagi eng yuqori daraja hisoblanadi. Undan keyingi pog‘ona, ya’ni BBB-, investitsiyaviy toifaning boshlanishi bo‘lib, bunday reytingga ega davlatlar xalqaro bozorlardan arzonroq mablag‘ jalb qilish imkoniga ega bo‘ladi.

S&P o‘z hisobotida byudjet ko‘rsatkichlari yaxshilangani, oltin-valyuta zaxiralari ortgani va iqtisodiy islohotlar davom etayotganini qayd etdi. Shu bilan birga, agentlik tahlilchilari O‘zbekistonda oltinga qaramlik, davlat korxonalari va tashqi qarzlar bilan bog‘liq xatarlar saqlanib qolayotganini ta’kidladi.

O‘zbekistonning qisqa muddatli reytinglari B darajasida saqlab qolindi. Valyutani o‘tkazish va konvertatsiya qilish xatarlari bahosi esa BB+ darajasidan BBB- darajasiga ko‘tarildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

So‘nggi yangiliklar

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling