Sinsinnati hayvonot bog‘ida dunyodagi eng mashhur begemot — Fiona nobud bo‘ldi

22.11.2026, 15:30 · 20 marta o‘qilgan
Sinsinnati hayvonot bog'idagi begemot
Foto: Botto / Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0

AQShning Ogayo shtatidagi Sinsinnati hayvonot bog‘ida to‘qqiz yoshli urg‘ochi begemot, butun dunyo bo‘ylab minglab muxlislarga ega ijtimoiy tarmoqlar yulduzi Fiona nobud bo‘ldi. Bu haqda hayvonot bog‘i xabar berdi.

Hayvonot bog‘i vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bir haftadan ko‘proq vaqt oldin Fiona tashrif buyuruvchilardan birining volerga tasodifan tushib ketgan to‘qima shapkasini yutib yuborgan. Dastlab u o‘zini odatdagidek his qilgan, biroq bir necha kundan so‘ng uning ishtahasi pasaya boshlagan.

Xodimlar shapka ovqat hazm qilish tizimidan o‘tib ketishiga yordam berish uchun turli usullarni sinab ko‘rgan. Hatto mahalliy ot fermasidan vibroplatforma ijaraga olinib, tebranish yot jismni oldinga siljitishga yordam beradi degan umidda Fionani uning ustiga chiqishga undashgan. Begemot UTT va kolonoskopiya tekshiruvidan ham o‘tkazilgan, biroq bu natija bermagan.

Veterinarlarning tushuntirishicha, shapka Fiona organizmining aynan qayerida turganini aniqlash nihoyatda qiyin bo‘lgan, operatsiya o‘tkazish esa begemotlarni narkozga tushirish murakkabligi sababli imkonsiz edi. Hayvonot bog‘i ma’muriyati veterinariya xodimlari unga yordam berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solganini ta’kidladi.

Fiona 2017-yilda muddatidan ancha oldin tug‘ilgan va hayvonot bog‘i xodimlarining parvarishi tufayli omon qolgan edi. Uning sog‘ayish tarixi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, begemot butun dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lib ketgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

So‘nggi yangiliklar

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling