Yangilangan alifboga o‘tish rejasi e’lon qilindi: hujjatlar, darsliklar va peshlavhalar qachon o‘zgaradi?

22.11.2026, 14:00 · 24 marta o‘qilgan
Alifbo
Foto: Sociologist / Wikimedia Commons, CC0

Adliya vazirligi 21-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek alifbosiga kiritilgan o‘zgartirishlarni jamiyat hayotining barcha sohalariga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Hujjat davlat organlari, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, biznes va raqamli xizmatlarning yangilangan lotin alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tishini nazarda tutadi. Loyiha muhokamasi 6-dekabrga qadar davom etadi, fuqarolar va tashkilotlar unga o‘z takliflarini bildirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 21-oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbek alifbosining to‘rtta harfini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi. Yangilangan alifbo 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat. Qonun 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi, biroq davlat muassasalari va tashkilotlarga undan oldin ham ish yuritishda yangi alifbodan foydalanishni boshlash tavsiya etilgan.

Loyihaga ko‘ra, qonun kuchga kirganidan so‘ng ID-kartalar, biometrik xorijga chiqish pasportlari, haydovchilik guvohnomalari, avtomobillarning texnik pasportlari va kadastr hujjatlari yangilangan alifboda rasmiylashtiriladi. Avval tayyorlangan blankalardan esa 2028-yil 1-yanvarga qadar foydalanishga ruxsat beriladi.

Alifbo o‘zgartirilgunga qadar berilgan hujjatlar, jumladan, shaxsiy va mulkiy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar o‘z yuridik kuchini saqlab qoladi. Ya’ni fuqarolar faqat alifbo o‘zgargani uchun hujjatlarini almashtirishi shart emas.

Telegram kanalimizga obuna bo‘lingEng so‘nggi yangiliklar @uzinterfax kanalida
Obuna bo‘lish

Fikr qoldiring

Your email address will not be published.

So‘nggi yangiliklar

Yangiliklar Telegramda: @uzinterfax — obuna bo‘ling