Facebook, Google, Apple va Yandex 9 oyda O‘zbekistonga qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi

1 daqiqada oʻqiladi

Oʻzbekistonda 2021-yilda 9 ta xorijiy kompaniya QQS toʻlovchi sifatida roʻyxatga olindi. Bular – Vaskiani Ventures Limited (Kipr), Google Cloud EMEA Limited (Irlandiya), Spotify (Shvetsiya), Adobe (Irlandiya), DELSE, Inc. (AQSh), Scribd, Inc. (AQSh), LinkedIn Ireland Unlimited Company (Irlandiya), Google LLC (AQSh) va Microsoft Ireland Operations Limited (Irlandiya). Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Rasmiy xabarga koʻra, Oʻzbekistonda 2 yilda doimiy vakolatxonasiga ega boʻlmagan jismoniy shaxslarga elektron xizmat koʻrsatuvchi 28 ta xorijiy kompaniya soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Booking.com B.V, Netflix International B.V, Apple, Facebook, Yandex, Huawei boshqalar shular jumlasidan.

Joriy yil sentyabr oyi holatiga Facebook 7,6 mlrd soʻm, Google Commerce Limited – 4,6 mlrd soʻm, Apple – 2,2 mlrd soʻm, Netflix – 331 mln soʻm va Yandex – 256 mln soʻm soliq toʻladi.

“Elektron xizmatlar deganda dasturiy taʼminotdan foydalanish, shu jumladan, Internet tarmogʻi orqali oʻyinlar, elektron kitoblar, oʻquv qoʻllanmalari, musiqa asarlari va boshqalardan foydalanish huquqini berish tushuniladi.

Soliq kodeksida 2020-yil 1-yanvardan boshlab roʻyxatga olishning yangi tartibi belgilangan.

Internet kompaniyalari roʻyxatdan oʻtishi uchun qulaylik yaratish maqsadida Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan QQS-ofis ishga tushirilgan” – deyiladi DSQ xabarida.

Fikr bildirish

Latest from Blog