9 ta tumanda soliq inspeksiyasi boshliqlari almashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi buyrugʻiga koʻra 9ta tuman davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari tayinlandi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati maʼlum qildi.
Aydos Iskenderovich Seitov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

soliq
kun.uz

Aydos Seitov 1985-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2009-yilda Toshkent davlat agrar universitetini “Iqtisodchi” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

U soliq xizmatining III darajali maslahatchisi. Soliq organlaridagi faoliyatini 2010-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat soliq boshqarmasining Ruxsatnoma byuro navbatchisi lavozimidan boshlagan.

Bunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi Yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlayotgandi.

Lochinbek Inomidinovich Qurbonov Andijon viloyati Izboskan tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Lochinbek Qurbonov 1988-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2010-yilda Andijon qishloq xoʻjaligi instituti “Iqtisodchi” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi boʻlgan Lochinbek Qurbonov Soliq organlaridagi faoliyatini 2011-yilda Andijon shahar DSI Yuridik shaxslar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan qarzlarni yigʻish va mablagʻlarni toʻliq tushishini nazorat qilish shoʻbasi davlat soliq inspektorligidan boshlagan.

U bungacha Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Qobiljon Sobirovich Ablazov Andijon viloyati Asaka tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

U 1972-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 1997-yilda Fargʻona politexnika institutini “Iqtisodchi” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

U bunga qadar Andijon viloyati Asaka tumani davlat soliq inspeksiyasi Soliq qarzini undirishni tashkil qilish boʻlimi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Elmurod Inomovich Moʻminov Andijon viloyati Ulugʻnor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

U 1983-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2004-yilda Fargʻona soliq kollejini tamomlagan, 2008-yilda Soliq akademiyasini “Soliq va soliqqa tortish” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi Elmurod Moʻminov Soliq organlaridagi faoliyatini 2008-yilda Andijon viloyati Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi Yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq solish shoʻbasi bosh inspektorligidan boshlagan.

U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlayotgan edi.

Orzumurod Fayzullayevich Umarov Navoiy viloyati Karmana tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Orzumurod Umarov 1976-yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2007-yil Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini “Agronom hisobchi, avtotransport korxonalari menejmenti” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi boʻlgan Umarov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Navoiy viloyati Tomdi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Sherali Oltinovich Berdiyev Navoiy viloyati Tomdi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

U 1978-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 1997-yilda Buxoro kooperativ texnikumini tamomlagan. 2011-yilda Soliq akademiyasini “Soliq va soliqqa tortish” mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.

Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi Sherali Berdiyev Soliq organlaridagi faoliyatini 1999-yilda Navoiy viloyati Navoiy tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish boʻlimi uchastka davlat soliq inspektori, katta inspektori lavozimidan boshlagan.

Sh.Berdiyev bundan avval Navoiy viloyati Tomdi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Alijon Hamzayevich Roʻzimurodov Navoiy viloyati Xatirchi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Alijon Roʻzimurodov 1985-yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2007-yilda Navoiy davlat pedagogika institutini, 2010-yilda Toshkent moliya institutini “Soliq va soliqqa tortish” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi boʻlgan Alijon Roʻzimurodov soliq organlaridagi faoliyatini 2007-yilda Navoiy shahar davlat soliq inspeksiyasi ish yurituvchisi sifatida boshlagan.

U bunga qadar Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi Kadrlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Vohidjon Vahobovich Bababekov Fargʻona viloyati Fargʻona shahar davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Vohidjon Bababekov 1977-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 1996-yilda Fargʻona industrial texnikumini, 2006-yilda Fargʻona politexnika institutini “Buxgalteriya hisobi va xoʻjalik tahlili, moliyachi” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi boʻlgan Vohidjon Bababekov soliq organlaridagi faoliyatini 1996-yilda Fargʻona viloyati Quva tumani davlat soliq inspeksiyasi Hisob-kitob, tahlil va soliq statistikasi boʻlimi davlat soliq inspektorligidan boshlagan.

U bunga qadar Fargʻona viloyati Margʻilon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Nurlibek Shakarboyevich Qoraboyev Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Nurlibek Qoraboyev 1985-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2008-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutini “Iqtisodiyot” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Soliq xizmatining I darajali inspektori boʻlgan Nurlibek Qoraboyev soliq organlaridagi faoliyatini 2012-yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarga soliq solish boʻlimi davlat soliq inspektorligidan boshlagan.

N.Qoraboyev bundan avval Samarqand viloyati Ishtixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog