9-qavatli binolarda gaz qozonlari, yotoqxonalarda gaz plitalari o‘rnatishga ruxsat berildi

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi shaharsozlik normalari va qoidalariga o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Foto: Gazeta.uz

Turar-joy binolarida 9 qavatgacha (9-qavat ham) gazsimon yonilg‘ida ishlaydigan isitish qozonlari o‘rnatishga ruxsat berildi. Ilgari bunga faqat 5-qavatgacha yo‘l qo‘yilardi.

Ilgarigidek, qattiq yonilg‘ida ishlaydigan isitish qozonlaridan foydalanishga binoning 2-qavatigacha (2-qavat ham) ruxsat beriladi.

Yotoqxonalarda nafaqat pishirish uchun elektr plitalar, balki qattiq yonilg‘ida ishlaydigan plitalar (2-qavat ham), shuningdek, gaz plitalari (binoning 10-qavati ham) o‘rnatishga ruxsat berildi.

Latest from Blog