72 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haj safariga jo‘natildi

Bugun, 22-avgust kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning 430 nafardan iborat so‘nggi guruhlari ikkita reysda Toshkent-Madina va Namangan-Madina yo‘nalishi bo‘yicha Saudiya Arabistoni Podshohligiga kuzatildi.

Foto: religions.uz

Ziyoratchilar qatorida 72 nafar Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilari va ularga hamrohlik qiluvchilar ham haj safariga kuzatildi. Faxriylarni kuzatish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lumot qilinishicha, mavsum boshidan beri jami 32 ta reysda 7 155 kishi, jumladan Toshkent-Madina yo‘nalishida 2 228, Namangan-Madina 3 028, Samarqand-Madina 459, Urganch-Madina 206, Buxoro-Madina 412, Qarshi-Madina 822 nafar ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga yetib bordi.

Latest from Blog