6 oylik tanaffusdan soʻng 239 ta maktabda anʼanaviy oʻqish boshlandi. Davlat maktablarida oʻquv yili rasman 14-sentyabrdan boshlanadi

Bugun, 7-sentyabr, 6 oylik tanaffusdan soʻng, 329 maktab anʼanaviy taʼlim tizimiga qaytdi va oʻquvchilarini qabul qildi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Xalq ta’lim vazirligi

Xabarga koʻra, Sanitariya xizmati markazlari 5-sentyabrga qadar maktablarning yangi oʻquv yiliga tayyorlik holatini oʻrganib, jamoaga qoʻshimcha oʻquv-treninglar oʻtkazgan, bunday treninglar hozirgi kunda ham davom etmoqda.

“Maktablar faoliyatini yoʻlga qoʻyish yuzasidan tegishli qaror sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazining xulosasi asosida mahalliy xalq deputatlari kengashlari tomonidan qabul qilinadi”, — deyiladi bayonotda.

Vazirlik matbuot xizmati yangi 2020/2021 oʻquv yili rasman14-sentyabr kunidan boshlanishini eslatib oʻtdi. XTV maʼlumotlariga koʻra, mamlakatdagi maktablar soni 9942 tani tashkil etadi.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada 5 million 500 ming nafar ota-onadan 76 foizi taʼlim jarayonini maktabga qatnagan holda, yaʼni anʼanaviy shaklda olib borish tarafdori boʻlgan, 24 foizi esa masofaviy shaklda — teledarslar orqali davom ettirishni maʼqul koʻrishgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog